Istanbul texnika universiteti bilan hamkorlik yo`lga qo`yildi

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ag‘zam Abduraxmonov, “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig'ining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari — Toshkent davlat transport universiteti prorektori Suxrob Norkulov hamda Istanbul texnika universiteti rahbariyati o`rtasida uchrashuv bo`lib o‘tdi.

Uchrashuvda transport sohasida harakat xavfsizligini ta'minlash, ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha rejalarni amalga oshirish kelishib olindi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati