Inspeksiyaga 2021 yil davomida nechta murojaat kelib tushdi?

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga 2021 yil davomida jami 296 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar soni 2020 yil bilan taqqoclaganda  136 taga ko‘paygan. Murojaatlarning 271 tasi bevosita inspeksiyaga, 25 tasi esa Virtual qabulxona orqali kelib tushgan. Barcha murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida o‘rganib chiqilib, belgilangan tartibda ijrosi taʼminlangan.

Bevosita inspeksiyaga kelib tushgan 271 ta murojaatlarning 191 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 80 tasiga tushuntirishlar berilgan.  Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 25 ta murojaatlarning 7 tasiga tushuntirish berilgan hamda 18 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda murojaatchilariga bu haqda yozma axborot berilgan.

Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ish yuritish masalalari muntazam monitoring qilib kelinadi. Jumladan, hududiy filiallarda xodimlarning huquqiy bilimini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati joylarga chiqqan holda o‘rganildi ham tegishli tavsiyalar berildi.

2021-yil davomida Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida shaxobcha temir yo‘liga ega tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilgan. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar 2022 yilda ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati