Inspeksiyada maʼrifat soati o‘tkazildi
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida xodimlar huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda maʼrifat soatlari o‘tkazilib kelinadi. Unda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntiriladi. Navbatdagi tadbir 8 - dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 10 - dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun, shuningdek 9 - dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Maʼrifat soatida Bosh qomusimiz yaratilish tarixi, kiritilgan o‘zgarishlar va mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchi ekanligi ta`kidlandi.
9-dekabr - xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan inspeksiyada “Komplayeans nazorat” tizimi joriy etilishi maqsadida qabul qilingan hujjatlar mazmun mohiyati tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida” 457-son qonuni mazmun mohiyati, ahamiyati va amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan batafsil maʼlumot berdi. Qonunning amaliy ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Maʼrifat soati davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga asosli javoblar olishdi.
“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati