Inspektorlarning hushyorligi taqiqlangan moddalar aylanmasini to‘xtatib qoldi
Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil va suv transportida nazorati Toshkent shahar hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan “Erkin” YPX maskanida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtomobil haydovchilarining amaldagi qonunchilik talabalariga rioya qilishlarini nazorat qilish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Navbatdagi reyd tadbirlari davomida “Monza” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilganda yo‘lovchilardan birining o‘zini tutishi inspektorlarga shubha uyg‘otdi hamda IIO xodimlariga bu haqda xabar berildi. Mazkur YPX postida xizmat olib borayotgan PPX xodimlari yo‘lovchini xolislar ishtirokida tekshirganda yonidan qora rangli, o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati