Inspektorga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Navoiy viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari I.Haydarov hamda U.Qodirovlar Karmana tumanidagi “Samarqand” YPX maskanida xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida “FAW” yuk avtotransport vositasi tekshirish uchun to‘xtatilgan.

Inspektorlar tomonidan avtotransport vositasi hujjatlari tekshirib ko‘rilganda ushbu transport vositasi haydovchisi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1252-moddasi bilan bog‘liq huquqbuzarlik mavjud ekanligi, ya’ni kabotaj tashuvlarini amalga oshirayotgani aniqlangan.

Inspektor I.Haydorov aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha tegishli tartibda ma’muriy bayyonoma rasmiylashtirish vaqtida avtotransport vositasi haydovchisi yonida bo‘lgan (avtotransport vositasi va yuk unga tegishli ekanligini aytib o‘zini tanishtirgan shaxs) inspektorga ushbu ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirmaslik evaziga 500 ming so‘m pul mablag‘larini taklif qilgan.

Inspektor I.Haydarov tomonidan fuqaroga ushbu harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 211-moddasida (pora berish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik ekanligi tushuntirishiga qaramasdan fuqaro yuqoridagi harakatlarini davom ettirib inspektorning xizmat vazifasini olib borishga to‘sqinlik qilgan.

Ogohlantirishga qaramasdan fuqaro yuqorida aytib o‘tilgan 500 ming pul mablag‘larini inspektor I.Haydarovga pora tariqasida berayotgan vaqtida Huquqni muhofaza qiluvchi organ tezkor xodimlari hamda xolislar ishtirokida qo‘lga olingan. Bugungi kunda fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 211-moddasiga (pora berish) asosan jinoyat ishi qo‘zgatilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati