Inspeksiyasi boshlig‘i hududlardagi transport va yo‘l ob’ektlarini ko‘zdan kechirdi
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Karimov xizmat safari bilan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib, transport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi. Qarshi shahrida yo‘l sohadagi qurilish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlar ko‘zdan kechirildi. Tashabbusli budjet bo‘yicha 2024 yil 1 mavsumida qurilgan ob’ektlar bilan ham tanishib, takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi.
Fuqarolardan tushgan murojaatlar yuzasidan Qarshi-Xonobod qishlog‘i yo‘nalishli taksi haydovchilari bilan suhbatlashib, amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirish berildi. Shuningdek, Qarshi-G‘uzor yo‘nalishida og‘ir vaznli yuk transport vositalarini tarozi nazoratidan o‘tkazayotgan mas’ul xodimlar bilan uchrashib, nazorat tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Surxondaryo viloyatida ham yo‘l ob’ektlari, loyiha hujjatlari o‘rganilib, takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi. Temir yo‘l transportida tashishilar xavfsizligini ta’minlashda olib borilayotgan ishlarning holati, may oyida berilgan ko‘rsatma takliflar yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi. Jumladan, Termiz-Sariosiyo yo‘nalishidagi M-41 avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarini qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalariga o‘tkazilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.
Termiz lokomotiv deposida infratuzilma filiali, korxonalar rahbarlari, lokomotiv mashinistlari va ularning yordamchilari ishtirokida poezdlar harakati va manyovr ishlarida harakat xavfsizligini ta’minlashda 2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida xavfsizligining buzilish hodisalari tahlil qilindi hamda kelgusida ushbu holatlar takrorlanmasligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati