Inspeksiya xodimlari polshalik hamkasblari bilan tajriba almashishmoqada

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov boshchiligidagi delegatsiya a`zolarining Polsha davlatida uyushtirgan xizmat safari samarali davom etmoqda.

Inspeksiya xodimlari Tichi shahrida Polsha transport inspeksiyasi, "Infolab Narloch" kompaniyani rahbariyati bilan hamkorlikda haydovchilarni mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishda taxograf va kardriderlardan foydalanish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazishdi. "Tachospeed" dasturiy ta'minotini ishlashi hamda mazkur tizim imkoniyatlari yuzasidan o`zaro fikr va tajriba almashildi.

Shuningdek, yuk avtomobillarining vazn parametrlarini o'lchaydigan tarozilar ishlash tizimi bilan yaqindan tanishishdi. Bugun O'zbekiston va Polasha davlatlari Transport inspeksiya xodimlari hamkorlikda nazorat tadbirlarini o'tkazish yuzasidan amaliyotda o'zaro tajriba almashishlari rejalashtirishgan.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati