Inspeksiya Memorandum imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov va Oʻzbekiston muhandis-konsultantlari uyushmasi rahbari Olga Tsoy o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur Memorandum tomonlarning avtomobil va temir yo‘l qurilishi sohasida xodimlarining malaka oshirishga qaratilgan teng huquqli va o‘zaro manfaatli asosda hamkorlik qilishini belgilaydi.
Tomonlar FIDIC shartnomalari bo‘yicha avtomobil va temir yo‘llarni qurishda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, Uyushmada Transport nazorati inspeksiyasi mutaxassislarini oʻqitish, malakasini oshirish hamda boshqa muhim masalalarda kelishib oldilar.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati