Inspeksiya hududiy bo‘limlari faoliyati o‘rganilmoqda

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov inspeksiyaning hududiy bo‘limlari faoliyatini o‘rganish, nazorat tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida Namangan, Andijon va Fargona viloyatlarida bo‘ldi.  

Asosiy e’tibor 2023-yil dasturlariga muvofiq qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish hududiy bo‘limlari inspektorlarining ishtirokiga qaratildi. Inspeksiya boshlig‘i qurilishi davom etayotgan ob’yektlarga borib, qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi va sifat ko‘rsatkichilarini ta’sirchan nazorat qilish borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Namangan viloyat YHXB rahbarlari ishtirokida "Norin" YPX postida o‘rnatilgan yuk avtomobillari vaznini o‘lchovchi ko‘chma tarozi holati ko‘zdan kechirildi.

Avtomobil transportida nazorat hududiy bo`lim inspektorlari faoliyati ham tanqidiy tahlil qilinib, amaliy ko'mak berildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati