Idoralararo komissiyaning sayyor yig‘ilishida tegishli tavsiyalar berildi

Sayyor yig‘ilish vagonlar jamlanmasi yordamida Toshkent Shimoliy vokzalidan belgilangan jadval asosida harakatlandi.  Kun tartibida bir qator masalalar yuzasidan tashkilotlarning maʼlumotlari tinglandi. Jumladan, yuqori tezlikda harakatlanish temir yo‘l uchastkalarida temir yo‘lga yaqin maktablar va aholi ko‘p o‘tadigan o‘tish joylariga temir yo‘llarni xavfsiz kesib o‘tish to‘g‘risidagi bannerlarni o‘rnatish hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli boshqarmalari tomonidan “Afrosiyob” elektropoyezdlari bilan kuzatuvlarni amalga oshirilayotganligi maʼlumotlari tinglandi.

Komissiya sayyor yig‘ilishiga raislik qilgan “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Abduraxmanov so‘zga chiqib, yo‘lovchilarni xavfsiz shaharlararo poyezdlarga chiqishlarini taʼminlashda yuqori tezlikda harakatlanish temir yo‘l uchastkalaridagi “yo‘lovchi to‘xtash punkt”larida nosoz, yaroqsiz ahvolda bo‘lgan tungi chiroqlarni taʼmirlash yoki ularni almashtirish, bajarilgan ishlarni aniq hisobotini taqdim etish  lozimligini bildirdi. Shuningdek, Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi o‘qchi xodimlari maskanlarini elektr energiya bilan taʼminlash, xodimlarga sharoit yaratib berishda amalga oshirilayotgan ishlarni hamda “Afrosiyob” elektropoyezdlari mashinistlarining yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha berayotgan kamchiliklarni “to‘g‘ri taʼriflanishi”, yaʼni qanday ko‘rinishdagi kamchiliklar, qanday qayd etilishi yuzasidan mashinistlarga doimiy ravishda o‘quv-seminarlar tashkil qilinishi lozimligini taʼkidladi.

Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hokimliklar va idoralarga tegishli tavsiyalar berildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati