Xodimlar huquqiy bilimi mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida xodimlarning huquqiy bilimini mustahkamlash maqsadida seminarlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur seminarlarning navbatdagisi 2021 yil 16 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Unda aprel oyi davomida eʼlon qilingan muhim qonun hujjatlari mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Jumladan, “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi va Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlash haqidagi hukumat qarorlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, inspeksiyada hafta davomida qabul qilingan ichki hujjat va chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati