Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlari

Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transporti va metropolitenda nazorat boshqarmasi boshlig‘i Aʼzam Abduraxmanov rahbarligida harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning axborot tizimini ishlab chiqishni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dastlab ishchi guruh tomonidan Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti muhokama etildi.

Shundan so‘ng, yig‘ilishda axborot tizimini ishlab chiqish hamda ishga tushirish kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 1 yanvardan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlaridan foydalanish taqiqlanadi.

 

 

Axborot xizmati