Farg‘ona filialida profilaktik tadbirlar
Inspeksiyaning Farg‘ona filiali xodimlari tomonidan temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlashni nazorat qilish, soha xodimlariga normativ hujjatlar mazmun mohiyatni tushuntirish borasida qator tadbirlar amalga oshirildi. Filial hududida joylashgan stansiyalar va o‘zining temir yo‘l shaxobchalariga ega bo‘lgan korxonalarda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy yil yanvar oyida 155 nafar xodimlar ishtirokida 30 ta seminarlar o‘tkazildi.
4 ta seminar tadbiri bevosita o‘zining shaxobcha yo‘liga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida bo‘lib o‘tdi. Ushbu profilaktik tadbirlarda 60 nafardan ziyod temir yo‘l sohasi xodimlari o‘zlarini bilim va malakalarini mustahkamlab olishdi. Bunday seminarlarning o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham temir yo‘lda harakat xavfsizligini taʼminlash, ehtimoliy xavflarni oldini olishdan iborat.
Temir yo‘l tizimidagi muhim va xavf yuqori bo‘lgan hududlardan biri temir yo‘l kesishmalaridir. Kesishma postlarida nazoratchi navbatchilar kecha-kunduz xizmat qilishmoqda. Yanvar oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi bilan birgalikda 4 ta mahalla va 5 ta o‘quv maskanlarida jami 150 nafardan ziyod aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Unda temir yo‘l atrofida chorva mollarini qarovsiz holda qoldirilishi, yosh bolalar tomonidan poyezdlar g‘ildiragi ostiga tosh tashlanishi, vagonlarga uloqtirilishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tyshuntirish ishlari olib borildi.
Temir yo‘l sohasi rivojiga katta eʼtibor berilayotgan bir vaqtda bunday salbiy holatlar kishining taʼbini buzmasdan qolmaydi. Shuning uchun temir yo‘l hududi atrofidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa yoshlar qoidalarga qatʼiy amal qilishlari va boshqalarni ham bunga undashlari maqsadga muvofiq.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati