Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor!

 

  “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida yoshlarning ilg‘or g‘oyalari, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal etish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Tasdiqlangan rejaga asosan har oy inspeksiyada faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning taklif va murojaatlari eshitiladi hamda mazkur masalalar yechimi yuzasidan inspeksiya vakolati doirasida choralar ko‘riladi.

 Bugun inspeksiya boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi K.Ismailov inspeksiya yosh xodimlari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda, mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, ularning kelajakda yuksak marralarni zabt etishi uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, tushuntirish va tavsiyalar berildi. Jumladan, inspeksiya devonxonasida faoliyat olib borayotgan xodimlar tavsiyanoma orqali oliy o‘quv yurtiga kirish talablari yuzasidan savollar bilan yuzlanishdi va amaldagi qonunchilik talabalari asosida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati