Yoshlar bilan ochiq muloqot
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Firdavs Xayriddinov va Transport universitetining temir yo‘l yo‘nalishida tahsil olayotgan bir guruh talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda dastlab ishtirokchilarga inspeksiyaning asosiy funksional vazifalari, tuzilmasi, nazorat ostidagi obyektlar slaydlar yordamida tushuntirib o‘tildi. Nazorat tadbirlari va profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi tartibi, inspektorlarga qo‘yiladigan talablar va ularning masʼuliyati to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.
Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarga berilayotgan yuksak eʼtibor va g‘amxo‘rlik, ularga yaratib berilayotgan sharoitlarga kelajagimiz egalari munosib javob berishlari talab etilishi, bunda eng avvalo puxta bilim olishlari lozimligi taʼkidlandi. Talabalar o‘zlarning bo‘sh vaqtlarini behuda o‘tkazishdan tiyilib, kutubxonalarni asosiy maskanga aylantirgan holda, asosiy yo‘nalishlari bilan bir qatorda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishlari tavsiya etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob olishdi. Jumladan, kelajakda “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimi bo‘lish istagidagilarga nimalarga eʼtibor berishlari va amaldagi normativ huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi. Bu kabi uchrashuvlar doimiy tashkil etilishi kelishib olindi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati