ЭЧК-28 korxonasida seminar
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlanishi ustidan nazorat tadbirlari bilan birgalikda ehtimoliy xavfni oldini olish maqsadida profilaktik ishlarni amalga oshirib boradi. Profilaktik tadbirlarda sohaga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda qo‘llash borasida tushuntirishlar orqali temiryo‘lchilarning bilim va malakalari mustahkamlab boriladi.
Inspeksiyaning Qashqadaryo filiali xodimlari joriy oy davomida 68 ta profilaktik tadbir o‘tkazishni rejalashtirishgan. Har bir xo‘jalik bo‘yicha joylarda seminarlar olib borilmoqda. Qarshi stansiyasidagi ЭЧК-28 korxonasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminarda elektr taʼminoti xo‘jaligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Dastlab, temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilish holatlarining 6 oylik holati tahlil qilindi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kontakt tarmog‘ida iqlim haroratini taʼsiri va meʼyor o‘lchamlarining o‘zgarishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda kontakt tarmog‘i qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari batafsil tushuntirildi. Seminar ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati