Buxoroda targ`ibot tadbirlari o`tkazildi
Avtomobil transportida nazorat Buxoro viloyat hududiy bo`limi xodimlari tomonidan shaharlararo yo'nalishlarda yo'lovchi tashuvchi transport vositalari haydovchilariga yo'l kira narxlarini asossiz oshirmaslik yuzasidan profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
Tadbirlar davomida shaharlararo qatnaydigan barcha yo`nalishlarda profilaktik tadbir tashkil qilinib yo'l kira narxlari nazoratga olindi.
Ushbu tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad noqonuniy faoliyat yuritayotgan haydovchilarning faoliyatini qonuniylashtirish va sifatli transport xizmati ko'rsatishni nazorat qilib borish.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati