RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda yuk avtomobillari tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi ortib borayotgani va bunga hech qanday chora ko‘rilmayotganligi yuzasidan chiqqan xabarlarga nisbatan Transport nazorati inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Transport nazorati inspeksiyasi, YHXB va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillarning vazn va hajm parametrlarini belgilangan me’yorlarga amal qilgan holda harakatlanishini nazorat qilish maqsadda muntazam ravishda nazorat-reyd va profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Reydlar davomida bugungi kunga qadar, 520 mingdan ziyod yuk avtomobillari Respublika bo‘ylab o‘rnatilgan statsionar va ko‘chma tarozilar nazoratidan o‘tkazilgan hamda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 2806 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Beruniy tumanida joylashgan statsionar tarozidan iyul oyi davomida 814 ta, “Qamchiq” dovonidan esa, 80 mingta yuk avtomobillari nazoratidan o‘tkazilib, qodabuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Barcha yuk avtomobillari haydovchilaridan qonunchiligimizda belgilangan me’yorlarga amal qilib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati