“Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz”

Respublikamizning barcha hududlarida “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davom etmoqda.

Mazkur oylik doirasida Transport nazorati inspeksiyasi  YHXB xodimlari bilan hamkorlikda yuk tashishda belgilangan me’yorlarga qat’iy amal qilish yuzasidan targ'ibot-tashviqot va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, "Chinor" YPX maskanida o'rnatilgan tarozida kunu-tun nazorat tadbirlari olib borilib, belgilangan me'yyordan ortiqcha yuk bilan harakatlanib kelayotgan haydovchilarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati