Avtoturargohlarda nazorat-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat hududiy bo‘lim xodimlari YHXB xodimlari bilan hamkorlikda avtoturargohlarda shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelayotgan haydovchilarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, nazorat va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, (https://lex.uz/uz/docs/246740) haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq bo‘lganda yoki yo‘nalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi bo‘lishi shart.

400 km va undan uzoq yo‘nalishlarda avtotransport vositalarida yo‘lovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanishi belgilangan. Haydovchilarga mazkur talablar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati