Harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar
Katta hajmdagi yuklarni tashish, fuqarolarga xavfsiz va sifatli transport xizmati ko‘rsatishda temir yo‘llar muhim ahamiyatga ega.
Ta’kidlash joiz, temir yo‘l uchastkasida poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlanishini nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining Qashqadaryo filiali xodimlari ham mazkur muhim jarayonga munosib ulushlarini qo‘shib kelishmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo filiali xodimlari tomonidan
2019 - yilning mart oyida temir yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 44 marotaba proflaktik tadbirlar o‘tkazilib, unda jami 139 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Tadbirlarda xavfsizlikka amal qilmaslik qanday ayanchli holatlarga olib kelishi mumkinligi aniq misollar bilan batafsil tushuntirildi.
Qarshi - Shaxrisabz temir yo`li bo‘ylab jami 8 ta stansiya joylashgan bo‘lib, shulardan G‘uzor, Qamashi, Yakkabog‘ va Kitob stansiyalarida temir yo‘l orqali xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizlikni yaxshilash borasida tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirildi, shu bilan birga ushbu liniyalarda xavfsizlikni nazorat qilish kuchaytirildi.
Kesishmalarda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish maqsadida viloyat IIB YHX boshqarmasi hodimlari bilan birgalikdagi profilaktik tushuntirish ishlari ham muntazam tashkil etilmoqda. Ya’ni temir yo‘lni belgilanmagan joylardan kesib o‘tish, chorva mollarini haydab o‘tkazish, chorva mollarini temir yo‘l atrofida boqish kabi hatti - harakatlar, transport vositalari haydovchilarining kesishmadan o‘tish qoidalarini buzishi javobgarlikka sabab bo‘lishi va uning oqibatlari borasida 16 ta mahalla va 10 ta ta’lim muassasasida jami 867 nafar aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Olim Qurbonnazarov
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Qashqadaryo filiali boshig‘i