Inspeksiya xodimlari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda

Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari uchun dam olish kunlari unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Mehnat jamoasidagi birdamlikni mustahkamlash va dam olish imkoniyatini yaratish maqsadida inspeksiya rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat uyushtirildi. Ahamiyatlisi, bu galgi sayohatda xodimlarga ularning farzandlari, oila a’zolari ham hamrohlik qilishdi.

Xodimlar dastlab O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi. Sayohat davomida malakali ekskursovod ishtirokchilarga har bir inshootning tarixi, me’morchiligi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Inspeksiya xodimlari Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi zinda majmuasi va Go‘ri Amir maqbarasi kabi dunyoga mashhur tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishishdi.

Ikkinchi kun sayohatchilari zamonaviy Samarqandning chiroyli joylarini ko‘zdan kechirib, «Samarqand Siti» loyihasi doirasida barpo etilgan yangi inshootlar bilan tanishishdi. Bu kabi tashabbuslar muntazam tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, joriy yil davomida Xorazm va Toshkent viloyatlariga ham sayohatlar rejalashtirilgan.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati