Harakat  xavfsizligi har doim nazoratda

      Mamlakatimizda temir yo’llarda erishilayotgan ulkan yutuqlar zamirida temir yo’llarda yuk va yo’lovchilar tashish xavfsizligiga bo’lgan katta e`tibor turibdi. O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo’llarda yuk va yo’lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish  inspeksiyasi temir yo’llarda tashish xavfsizligini nazorat qilish bo’yicha aniq va ta'sirchan tizimni tashkil qilish, poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini so’zsiz ta'minlash, umumiy foydalanishdagi temir yo’l transportining barcha bo’linmalari hamda vazirlik va idoralarga qarashli shaxobcha temir yo’llarining barqaror ishlashida, yuk va yo’lovchilar tashishga bo’lgan ehtiyojni qondirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

    “O’ztemiryo’lnazorat” inspektsiyasi tomonidan temir yo’l transporti soxasida yuk va yo’lovchilar tashish xavfsizligini ta`minlash bo’yicha bir qancha normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqildi va ularning vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilinmoqda. 

     Misol keltirib o’tadigan bo’lsak “O’ztemiryo’lnazorat” inspeksiyasi Toshkent filiali va «O’zbekiston temir yo’llari» aksionerlik jamiyati tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan qo’shma bayonnoma talablariga amal qilgan holda o`tgan 2018 - yil  mobaynida Toshkent temir yo`l uzeli tasarrufidagi stansiya, korxona va tashkilot muassasalarida 203 marotaba  olib borilgan profilaktik ishlarda 993 nafar ishchi xodimlar ishtirok etdi. Ushbu ishlar davomida 2170 ta aniqlangan kamchiliklar stansiya, korxona va tashkilot ishchi-xodimlari tomonidan ko`rsatilgan muddatda to`la-to`kis bartaraf etildi. 

      Shu bilan birgalikda filial xodimlari tomonidan yo`l kesishmalaridan o`tish qoidalari, temir yo`llardan kesib o`tish qoidalari, temir yo`l infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik , poyezdlarga tosh otish holatlarining salbiy oqibatlari mavzusida IIV Transportda jamot xavfsizligini ta'minlash bo`limi   va “O’zbekiston temir yo’llari” АJ xodimlari bilan birgalikda   muntazam ravishda avtoxo’jaliklarda, sanoat korxonalarida, xususiy avtomobil egalari orasida hamda temir yo`l yaqinida yashovchi avtomobil  transporti bor aholi o`rtasida, maktab va mahallalarda, targ`ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

 

Аnvar Dushaev

“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi

Toshkent filiali inspektori