Qashqadary “Harakat havfsizlik” kuni bo'yicha seminar o'tkazildi
Qashqadaryo viloyati temir yo‘l transport nazorat hududiy bo‘limi boshlig‘i O.Kurbanazarov, Qarshi shahri Transport prokurori, adliya maslahatchisi A.G‘aniev hamda “Qarshi MTU” unitar korxonasi rahbari M.Mirzaev ishtirokida Qarshi lokomotiv deposining mashinist va mashinist yordamchilari ishtirokida “Harakat havfsizlik” kuni munosabati bilan seminar tashkil etildi.
Tadbirda har bir ishchi xodim harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘riqnomalarga asoslanib, mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda ishlarni tashkil etishlari lozimligi tushuntirildi. Lokomotiv brigadalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, baratarf etish choralari belgilandi. Shuningdek, temir yo‘l transportida bo‘layotgan o‘zgarishlar va qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida tanishtirib o‘ti.
Axborot xizmati