Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Toshkent filiali va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan qo‘shma bayonnoma talablariga amal qilgan holda o‘tgan 2020 yil 9 oyi mobaynida “Toshkent” mintaqaviy temir yo‘l uzeli tasarrufidagi stansiya, korxona va tashkilot muassasalarida 324 marotaba olib borilgan profilaktik ishlarda 2061 nafar ishchi xodimlar ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar davomida aniqlangan qator kamchiliklar mutasaddi xodimlar tomonidan ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etildi.
Birgina vagon xo‘jaligi bosh inspektori tomonidan 1-yuk vagon deposi va vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida olib borilgan profilaktik ishlarida 600 nafardan ziyod ishchi xodimlar ishtirok etdi. Profilaktik ishlar davomida 5 ta yo‘lovchi, 189 ta yuk vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida vagonlarga o‘z vaqtida texnik jarayon bo‘yicha ishlar olib borilmagani aniqlandi. Shu bois 1 ta yuk vagoni qayta taʼmirlashga yuborildi va qolgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Yuqorida aniqlangan kamchiliklar 1-yuk vagon deposi ishchi-xodimlari tomonidan to‘la-to‘kis bajarildi va 1-yuk vagon deposi boshlig‘ining taʼmirlash va ekspluatatsiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlariga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda yo‘l qo‘yilgan ishdagi nuqson holatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Lokomotiv xo‘jaligi bosh inspektori tomonidan “Toshkent MTU” UK korxonasiga qarashli bekatlarda 45 marotaba profilaktik ishlar olib borildi va unda 172 nafar ishchi xodimlar ishtirok etdi. Ushbu profilaktik ishlar davomida aniqlangan 218 ta kamchiliklar “O‘zbekiston” lokomotiv deposi ishchi xodimlari tomonidan to‘la-to‘kis bajarildi. Aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Shu bilan birgalikda filial xodimlari tomonidan yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalari, temir yo‘llarni kesib o‘tish qoidalari, temir yo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik, poyezdlarga tosh otish holatlarining salbiy oqibatlari mavzusida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlari bilan birgalikda muntazam ravishda avtoxo‘jaliklarda, sanoat korxonalarida, xususiy avtomobil egalari orasida hamda temiryo‘l yaqinida yashovchi avtomobil transport bor aholi o‘rtasida, maktab va mahallalarda, targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati