Andijon viloyatida sayyor qabul o'tkazildi
Andijon viloyatida Transport nazorati inspeksiyasi boshlig'i Jamshid Karimov transport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari va mahalliy aholi vakillari bilan sayyor qabul o'tkazdi.
Qabul davomida ishtirokchilardan tushgan savollarga asoslangan javob berildi. O'rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga ko'rsatma berilib, ijrosi inspeksiya nazoratiga olindi.
Shuningdek, transport sohasiga oid qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati