Andijon viloyatida press-tadbirlar tashkil etildi
Bugun Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va Transport nazorati inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy bo'limi bilan hamkorlikda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida 2024-yil "'Tashabbusli byudjet" loyihasining 1-mavsumida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Matbuot anjumani va Press-tur bo'lib o'tdi.
Anjumanda Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi va Transport nazorati inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy bo'limi mas'ullari tomonidan OAV va keng jamoatchilik vakillariga "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida ma'lumotlar taqdim etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Anjumandan so'ng ishtirokchilar joriy yilda dasturning 1-mavsumida g'olib bo'lgan Andijon tumani "Islomobod" mahalla fuqarolar yig'inida bo'lishdi. "Birdamlik, ishonch va natija" shioriga tayanib ovoz bergan mahalla aholisi bilan bevosita suhbat qilishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati