Andijon viloyatida OAV xodimlari uchun press-tur boshlandi
Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo'limi va qator hamkor tashkilotlar hamkorligida OAV vakillari, bloger va veb sayt adminlari, ijtimoiy tarmoq faollari uchun press-tur tashkil etildi.
30 nafardan ziyod OAV va jamoatchilik faollari qatnashayotgan press-turda ishtirokchilar dastlab Xo`jaobod tumanida o`rnatilgan ko`hma nazorat tarozi faoliyati bilan tanishishmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari nazorat tarozilari o`rnatilishi maqsadi, YHXB xodimlari bilan qo`shma reyd tadbirlari mazmun mohiyati va belgilangan me`yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan haydovchilarga ko`rilgan choralar haqida ma`lumot berishmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati