Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlariga MIB ishlari yuklatilganligi yuzasidan e’lon qilingan xabarga nisbatan Transport nazorati inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Xabarda e’lon qilingan holat mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va bugungi kunda barcha xodimlar belgilangan muddatda oylik maoshlarini olayotganliklari ma’lum qilamiz.
Inspeksiya buxgalteriyasi va avtomobil transportida nazorat boshqarmasi xodimlari o‘zboshimchalik bilan, hech qanday asossiz hamda inspeksiya rahbariyatini xabardor qilmagan holda quyi tizim inspektorlariga telegram guruhi orqali topshiriq berishgan.
Yuzaga kelgan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi belgilandi. Xizmat tekshiruvi yakunlariga ko‘ra aybdor xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishini bildiramiz.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati