Avtomobil transportida nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Buxoro hududiy bo‘limi inspektorlari YHX xodimlari bilan hamkorlikda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazilmoqda.
Reyd tadbirlari davomida avtomobil transportida tashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishi hamda kabotaj tashuvlarini oldini olish bo‘yicha nazorat amalga oshirilmoqda.
Aniqlangan qoidabuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga asosan choralar ko‘rilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati