RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Transport nazorati inspeksiyasi va noma’lum shaxs o‘rtasidagi muloqot davomida xodimga pul taklif qilingani va inspektorning nojo‘ya harakati kuzatilgan holat yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakunlandi.
Mazkur holatdagi shaxslar Avtomobil va suv transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘lim bosh inspektori Z.A. va «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishidagi avtobus haydovchisi yordamchisi F.E. ekanligi aniqlangan. Xizmat tekshiruvi davomida Z.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda hududiy bo‘lim rahbariga qo‘l ostida xizmat olib borayotgan xodimlarni yetarlicha nazorat qilmaganligi sababli intizomiy jazo qo‘llangan.
Xizmat tekshiruvi yakuni va ko‘rilgan choralar bo‘yicha ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati