29-mart kuni Toshkentda "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi (https://gov.uz/eco/news/view/7969/).

"Avtomobilsiz kun" tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati