Inspeksiya xodimlari uchun o`quv seminari tashkil etildi

Transport nazorati inspeksiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas`ul xodimi B.Abdijabborov hamda inspeksiya xodimlari ishtirokida seminar o`tkazildi. Unda qator qonun va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonuni va inspeksiyaning 26.04.2024 yildagi "Korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 230-sonli buyrugi haqida barafsil ma`lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yildagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O'RQ-410-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-oktabrdagi “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 649-son qarori mazmun-mohiyati hamda yong‘in sodir bo‘lishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Ishtirokchilar seminar davomida o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati