Idoralararo komissiyaning sayyor yig‘ilishi o`tkazildi

Tadbirda Transport nazorat inspeksiyasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Abduraxmanov Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati, oldingi yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar ijrosi bo‘yicha so‘z yuritdi. Shuningdek, yig‘ilishda Transport vaziri tomonidan tasdiqlangan “Yuqori tezlikdagi poezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlagan 126-diagnostika laboratoriyasi orqali “Toshkent-Samarqand-Buxoro” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi poezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida aniqlangan kamchiliklar qayd etib borildi hamda bartaraf etish choralari belgilandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, Idoralararo komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Kamildjanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan safar davomida avtomobil yo‘llari bilan kesishmalarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, temiryo‘l yon atrofi ko‘zdan kechirildi.

Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan idoralararo komissiya a’zolari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tavsiyalar berildi.

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati