Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatida axborot texnologiyalari joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq joriy yil 1 noyabrga qadar harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirilishi belgilangan.

Bugun Transport nazorati inspeksiyasida mazkur axborot tizimini ishlab chiqish va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha galdagi vazifalarni belgilab olish maqsadida Raqamli transport markazi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda temir yo‘l harakat tarkibi va infratuzilma ob’ektlarini ro‘yxatga olish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish va vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlar ketma-ketligi muxokama qilindi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati