Samarqand viloyatidagi temir yo'l korxonalari faoliyati o`rganildi

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Karimov boshchiligida, inspeksiya boshqarma, bo‘lim boshliqlari, hudududiy bo‘lim xodimlari, shuningdek, temir yo‘l korxona rahbarlari bilan birgalikda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialining Samarqand temir yo‘l stansiyasi, “O‘zvagonta’mir” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand vagon ta’mirlash deposi, Samarqand Tiklash poyezdi, Samarqand Yong‘inga qarshi poyezdi faoliyati o`rganildi.

Samarqand temir yo‘l stansiyasidan har kuni yo‘lovchi poyezdlar va yuk poyezdlari qatnovi amalga oshiriladi. “Toshkent – Samarqand - Buxoro” “Toshkent – Samarqand - Qarshi” yo‘nalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Qo‘shni davlatlarga tranzit o‘tadigan va mamlakatimizga kirib keladigan yuk poyezdlari qatnovi amalga oshiriladi. Temir yo‘l stansiyasining yo‘l, aloqa, elektr ta’minoti xo‘jaligi xodimlari faoliyati o‘rganildi.

«O‘zvagonta’mir» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Samarqand vagon ta’mirlash deposi tomonidan vagonlar barcha xavfsizlik standartlariga javob berishi va yuklarni xavfsiz tashishi uchun ular tashxis qo‘yib, ta’mirlab kelmoqda. Ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi. Samarqand vagon ta’mirlash deposida yarim ochiq vagon kuzovlarining ta’mirlash ishlari ham juda yaxshi yo‘lga quyilganligi yaqqol ko‘zga tashlandi. 

Samarqand qayta tiklash poyezdi doimiy shay holatda, ishchilarning kechayu kunduz navbatchilgi tashkil etilgan. Poyezd har qanday vaqtda favqulodda vaziyat joyiga darhol yetib borishga tayyor va favqulodda vaziyatni bartaraf etish va temir yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur bo'lgan uskunalarga ega.

Yong‘inga qarshi poyezd birinchi navbatda insonlarni qutqarish, har qanday hududdagi yong'inlarni o'chirish uchun texnik vositalar jamlanmasi hisoblanadi. Harakatchan transport bo'lgan poyezd nafaqat temir yo'llarda, balki temir yo'llarga yaqinida ham paydo bo'ladigan yong'inlarni o'chirishga qodirligi bilan ahamiyatlidir.

 

Transport nazorati inspeksiyasi

Axborot xizmati