Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati  33-yo’nalishda harakatlanuvchiba`zihaydovchilar yo`l-kira narxini assosiz ravishda oshirgani yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi quyidagilarni ma`lum qiladi.   Inspeksiyaning Avtomobiltransportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo`lim  inspektorlari  joriy yilning 21-22 may kunlari yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga  yo‘nalishda tender  talablariga muvofiq yo‘lovchi tashish faoliyatini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borib, yo‘l haqqini asossiz oshirgan hamda litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 28 nafar haydovchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirishdi.

Shuningdek,  reyd tadbirlari doimiy ravishda olib borilishi, hamda   yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanayotgan haydovchilarga yo`l-kira haqqini asossiz oshirmaslik yuzasidan  tushuntirish va profilaktik tadbirlari  o’tkazilganligini  ma’lum qilamiz.

 

Transport nazorati inspeksiyasi

Axborot xizmati