Tadbirkorlarlar bilan davra suhbatida muhim masalalar muhokama qilindi

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig'i J.Karimov rahbarligida joriy yilning 24-may sanasida Samarqand viloyati Transport boshqarmasi majlislar zalida Samarqand shahar jamoat transportida tashuvlarni amalga oshiruvchi tadbirkorlar bilan davra suhbati o'tkazildi.

Yig'ilishda, tadbirkorlar tomonidan jamoat transportida tashuvlarda vujudga kelayotgan muammolar birma-bir ko'rib chiqildi va ularning yechimi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Samarqand shahrida yangidan barpo etilayotgan avtoshohbekatdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati