Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida "Damas" yo'nalishli taksi haydovchilari aholiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatmayotganligi, yo'lkira narxlarini muntazam oshirib borishlari yuzasidan chiqqan xabar Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan o'rganib chiqildi va quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Inspeksiyaning Avtomobil transportida nazorat Toshkent viloyat hududiy bo‘limi xodimlari Olmaliq shahrida yo'nalishli taksi faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga tashuvlarda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishni ta’minlash bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazdi.

Unda haydovchilarga yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatishda qo‘yilgan talablarga to‘liq rioya etish hamda yo‘lkira narxlarini asossiz oshirib yubormaslik yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Axborot xizmati