Idoralararo komissiyasining sayyor yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun “Toshkent-Samarqand-Buxoro” yuqori tezlikda harakatlanish temir yo‘l uchastkasida Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga raislik qilgan Transport vazirligi Temir yo'l transporti boshqarmasi boshlig'i  O.Irkabayev O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri tomonidan tasdiqlangan yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi muhokama qilindi.  

  Transport nazorat inspeksiyasi xodimi A.Abduraxmanov Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holatini tahlil qildi.

Shuningdek, yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida jamoat tartibini ta’minlashni nazorat qilish chora-tadbirlari amalga oshirilishi bo‘yicha bajarilgan ishlar o‘rganildi. Temir yo‘lga tutash hududlarni obodonlashtirish, bino va inshootlarni shaharsozlik talablari asosida ta’mirlash, tartibga keltirish, temir yo‘l bo‘ylab daraxt ko‘chatlarini ekish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, temir yo‘l uchastkalariga yaqin joylashgan aholi punktlari, o‘quv muassasalari va tashkilotlarda profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilishi hamda odamlarning hayoti va salomatligini, temir yo‘l transporti infratuzilmasi va ob’ektlari butligini saqlash maqsadida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayoni va natijalari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilishi o‘rganildi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Idoralararo komissiya a’zolari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga tavsiyalar berildi.

 Transport nazorati inspeksiyasi