Buxoro viloyatida o`quv-seminari o`tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 513-sonli “Aholini zilzilada harakat qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo`yicha Respublikamiz bo`ylab targ`ibot tashviqot tadbirlari davom etmoqda. Buxoro viloyati temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi boshlig`i S.Bazarov, Buxoro viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hayot faoliyati xavfsizligi o’quv markazi boshlig’i R.Ro’ziyev hamda “Buxoro mintaqaviy temir yo’l uzeli” unitar korxonasi ishchi xodimlari ishtirokida seminar mashg`uloti o`tkazildi.
Seminarda xodimlarning zilzilada harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish maqsadida kuchli zilzila va uning oqibatlaridan muhofazalanishga oid ma’lumotlardan foydalangan holda o‘tkazildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarma bo‘limi boshlig‘i tomonidan zilzila va uning turlari, zilziladan oldin va keyin nimalar qilish haqida batafsil tushunchalar berildi.
Buxoro viloyati temir
yo‘l transportida nazorat
hududiy bo‘limi