Temir yo‘l uzeli xodimlari ishtirokida seminar
Transport nazorat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi bosh inspektorlari tomonidan Qarshi stansiyasida joylashgan temir yo‘l kesishmasida Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli ishchi-xodimlari ishtirokida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda joriy yilning 9 oyi davomida temir yo‘l hududida va temir yo‘l kesishmalarida sodir etilgan baxtsiz hodisalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Har bir holat tahlil qilindi. Shoshma-shosharlik ortidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fojialarga yo`l qo`ymaslik uchun qoidalarga qat`iy amal qilish hamda kesishmalarda qurilma va uskunalarning soz holda ishlashini ta’minlash lozimligi tushuntirildi.
Qashqadaryo viloyati
temir yo‘l transportida nazorat
hududiy bo‘limi