Jaholatga qarshi ma’rifat
Transport nazorati inspeksiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy–ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda inspeksiya markaziy apparati xodimlari bevosita, tarkibiy, shu jumladan hududiy tarkibiy tuzilmalari masofadan qatnashishdi. O`zbekiston Respublikasi Din ishlari bo`yicha qo`mita mas`ul xodimi Shoxrux Jumayev o`z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.
Targ`ibot tadbirida bugungi kunda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida ma`lumot berildi.
Shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, aholida, ayniqsa yoshlarda radikalizm, diniy mutaassiblik, turli yot gʻoyalar va tahdidlarga nisbatan immunitet hosil qilishi lozimligi yuzasidan fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan qator savollarga mutaxassisdan batafsil javob olishdi.
Transport nazorati
inspeksiyasi