Yana bir amaliy seminar mashg‘ulot

Transport nazorat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati temir yo‘l transportida nazorat  hududiy bo‘limi bosh inspektorlari tomonidan Qarshi stansiyasida joylashgan temir yo‘l kesishmasida Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli ishchi-xodimlari ishtirokida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirda joriy yilninig 9 oyi davomida temir yo‘l hududida va temir yo‘l kesishmalarida sodir bo`lgan baxtsiz hodisalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi hamda holatlar birma-bir tahlil qilindi. Fojealarga yo`l qo`ymaslik uchun qoidalarga qat`iy amal qilish hamda kesishmalarda qurilma va uskunalarning soz holda ishlashini ta’minlash lozimligi  tushuntirildi.

Qashqadaryo viloyati
temir yo‘l transportida nazorat  
hududiy bo‘limi