Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan sayyor yig‘ilish
Transport nazorati inspeksiyasining Temir yo‘l tranportida nazorat Toshkent shahar hududiy bo‘limi bosh inspektori S.F.Eshonqulov va “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Toshkent stansiyasi rahbariyati bilan birgalikda tadbirkorlar bilan sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda qatnashgan barcha tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar eshitildi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Bundan tashqari, inspeksiya xodimlari tomonidan temir yo‘lga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda harakat xavfsizligini ta’minlashga doir mavjud normativ hujjatlarning talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi hamda oxirgi yillarda temir yo‘l transportida harakat xavfsizligining buzilishi hodisalari va sabablari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, Yig‘ilish ishtirokchilariga Transport vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligidan 2022-yil 27-iyulda 3376-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomi” hamda Transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligidan 2022-yil 19-aprelda 3363-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari”ning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Toshkent shahar hududiy
bo‘limi bosh inspektori
S.F.Eshonqulov