Harakat xavfsizligini ta'minlash yo‘lida…

"O'ztemiryo'lnazorat" inspeksiyasi Qashqadaryo hududiy sho'basi bosh inspektorlari tomonidan joriy yilning 10-avgust kuni Qarshi-Dasht stansiyalar oralig'ida joylashgan qo'riqlanadigan temir yo'l kesishmasida, "Qarshi MTU" UK ishchi-xodimlari ishtirokida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash hamda poyezdlarni avtomobillar bilan to'qnashishiga sabab bo'ladigan holatlarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Ushbu seminar mashg‘ulotlarda tadbirkorlik subektlari vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 sentabrdan PQ-374-son “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshivlur o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27 iyulda 3376-raqam bilan ro‘xatdan o‘tkazilgan “Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”  O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining buyrug‘i moxiyati to‘g‘risida hamda  temir yo‘l faoliyatiga doir qonun xujjatlari bajarilishi, tekshirishlar olib borilishi tartiblari to‘g‘risida   keng tushunchalar  berib o‘tildi.

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Qashqadaryo hududiy sho‘basi