Termiz shahrida sayyor yig‘ilish

2023-yil 7-8 – avgust kunlari “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish va monitoring boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Nurxojayev va X.Batirovlar tomonidan Termiz shahrida “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi rahbaryati hamda temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari mas’ul xodimlar ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda inspeksiya bosh mutaxassisilari tomonidan temir yo‘lga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda harakat xavfsizligini ta’minlashga doir mavjud normativ hujjatlarning talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi hamda oxirgi yillarda temir yo‘l transportida harakat xavfsizligining buzilishi hodisalari va sabablari bilan  tanishtirdi.

Shuningdek, Yig’ilish ishtirokchilariga Transport vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligidan 2022 yil 27 iyulda 3376-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomi” hamda  Transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligidan 2022 yil 19 aprelda 3363-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari” mazmun-mohiyati tushuntirildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat”
inspeksiyasi