Mahallada targ‘ibot tadbiri

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori talablariga muvofiq “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Buxoro hududiy shoʻbasi bosh inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 6 oyi davomida (12 marotaba) mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan hamkorlikda, mahalla fuqarolari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, 2022-yil davomida temir yo‘l bilan bog‘liq bo‘lgan temir yo‘l kesishmalarida to‘qnashuv va odamlarning poyezd ostida qolishi kabi baxtsiz hodisalar kuzatilganligi va bu baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida,  Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida temir yo‘lga yaqin yashovchi fuqarolarga temir yo‘l izlarini belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temir yo‘lda harakatlanishga to‘sqinlik qilmaslik, shu jumladan fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, yo‘lovchi va yuk poyezdlarining harakatlanishi uchun o‘rnatilgan elektr tarmoqlarida 27500 volt kuchlanishdagi elektr toki borligi, bu esa inson hayoti uchun o‘ta xavfli ekanligi atroflicha  tushuntirildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarida Ota-onalar bilan voyaga yetmagan bolalar to‘g‘risida temir yo‘l izlarida yurish, vagonlarga osilish, stansiyada turgan vagonlar ustiga chiqish holatlarini oldini olish, jumladan temir yo‘l izlariga jismlar qo‘yish holatlarini oldini olish, temir yo‘lga yaqin joylarda voyaga yetmagan bolalar tomonidan chorva mollarini boqish xolatlarini bartaraf qilish orqali farzandlarimizning xavfsizligini taʼminlash zarurligi taʼkidlab o‘tildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Buxoro hududiy sho‘basi tomonidan temir yo‘l muhofaza zonasida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, temir yo‘l kesishmalarida to‘qnashuvlarni oldini olish hamda temir yo‘lga yaqin yashovchi fuqarolarni xavfsizligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarni sifat jihatdan samaradorligini oshirishga muntazam eʼtibor qaratib kelinmoqda.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Buxoro hududiy sho‘basi