Xavfsizlikka bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori talablariga muvofiq “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Toshkent hududiy sho‘basi bosh inspektorlari tomonidan joriy yilning o’tgan 6 oyi davomida
(12 marotaba) tadbirkorlik sub’ektlariga targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, tadbirkorlik sub’ektlarining murojatlarini xal etish yuzasidan joylarda seminar yig‘ilishlari tizimli ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri, Toshkent va Jizzax viloyatlarida    tashkil    etilgan  seminar yig‘ilishlarida temir yo‘l tizimida faoliyat yuritayotgan  “JAZZ BROKING SERVIS” MCHJ,  “XOVOS DON MAXSULOTLARI” AJ, “OKMK” AJ, “OPEN ROAD” MCHJ, “CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI”, “ENERGO QURILISH INDUSTRIYA”, “IKKILAMCHI QORA METAL”, “PROFI MED” MChJ va boshqa jami bo‘lib 12 ta  tadbirkorlik subektlarida ishchi hodimlar o’rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Ushbu seminar mashg‘ulotlarda tadbirkorlik subektlari vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 sentabrdan PQ-374-son “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshivlur o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27 iyulda 3376-raqam bilan ro‘xatdan o‘tkazilgan “Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”  O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining buyrug‘i moxiyati to‘g‘risida hamda  temir yo‘l faoliyatiga doir qonun xujjatlari bajarilishi, tekshirishlar olib borilishi tartiblari to‘g‘risida   keng tushunchalar  berib o‘tildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat”  inspeksiyasi
Toshkent sho‘basi