Stansiyalarda yangi МПЦ qurilmalarining ahamiyati
“O‘zbekiston temir yo‘llari” stansiyalarida yangi zamonaviy markazlashgan mikroprotsessor (МПЦ) qurilmalarining ahamiyati
Bugungi kunda mamlakatimizda transport sohasida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, temir yo‘llar atrofidagi zamonaviy infratuzilma, yo‘lovchi vagonlarda xalqaro andozadagi servis xizmatlari va h.k.
Ushbu halqaro talablarga mos servis xizmatlarini kengaytirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilish, va yuk poyezdlar orqali tadbirkorlarning maxsulotlarini o‘z vaqtida manzillariga betalofat yetib borishini ta’minlashdan iboratdir.
Albatta ushbu ishlarni amalga oshirishda stansiyalardagi barcha sohalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan signallashtirish va aloqa xo‘jaligi qurilmalarini yangi zamonaviy Mikroprotsessor markazlashtirish (МПЦ) qurilmalari bilan jihozlash borasida ham bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 3-iyun kuni “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Toshkent hududiy sho‘basi bosh inspektori tomonidan Toshkent temir yo‘l texnikumi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida malaka oshiriayotgan 10 dan ortiq stansiya boshliqlari muovinlari bilan yangi zamonaviy MPS qurilmalarining harakat xavfsizligini ta’minlashda ishonchli ishlashi, ulardan foydalanish qoidalari, qulayliklari va afzalliklari, shuningdek, hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘llarida ishga tushirilgan МПЦ qurilmalari turlari to‘g‘risida o‘quv-seminar tashkillashtirildi. Tashkil etilgan o‘quv-seminar davomida MPS qurilmalarining ahamiyati, ishonchli ishlashi, qulayliklari va uning bir qancha turlari jumladan, МПЦ ZTE (Xitoy), МПЦ-I NPS “Promelektronika” (Rossiya), МПЦ-TEG “Simens” (Rossiya), МПЦ Ебилок-950 (Rossiya-Shvesiya) tizimlarining afzalliklari borasida tushuntirishlar berilib, semenar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berib o‘tildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Toshkent sho‘basi bosh inspektori
J.Yu.Madaminov